Birinchi Prezidentning qizi koronavirusga qarshi emlandi
Olam
−
01 aprel 2021
25122Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning kenja qizi Aliya Nazarboyeva xorijda safarda bo‘lgan vaqtida koronavirusga qarshi emlanganini ma’lum qildi.
“Emlash to‘g‘risida turli xil fikrlar mavjud. Bu borada har kim o‘zi qaror qabul qilishga majburdir. Biz ta’tilda edik va men Xitoy vaksinasini qabul qildim. O‘zimni yaxshi his qilyapman”, deb yozadi u Instagram’dagi sahifasida.
Bugungacha Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar 246 854 nafarni tashkil etmoqda. 3 060 kishi ushbu xastalikdan vafot etgan. Koronavirusga chalinganlar orasida mamlakatning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nazarboyev ham bor. Uning koronavirusga chalingani va davolanish jarayoni haqida rasmiy xabarlar omma e’tiboriga taqdim etib borilgandi, biroq Nazarboyev va oilasi emlangani haqida rasmiy axborotlar mavjud emas.
Bundan avval, Nazarboyevning to‘ng‘ich qizi, sobiq Senat raisi Darig‘a Nazarboyeva Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi bilan emlanmoqchiligini aytgandi. Ayni vaqtda “Sputnik V” mamlakatdagi yagona vaksina bo‘lib qolmoqda.
LiveBarchasi