“Birinchi amerikalik do‘stim”. Si Szinpin Bill Geytsni qabul qildi

Olam

image

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bugun, 16 iyun kuni Microsoft asoschisi amerikalik ishbilarmon Bill Geytsni qabul qildi. Bu haqda “Zerkalo nedeli” nashri xabar berdi.

Uchrashuvda Si Szinpin Bill Geytsni “eski do‘st” deb atagan hamda ular Xitoy va AQSH manfaati uchun hamkorlik qilishlariga umid bildirgan. Pekindagi uchrashuv chog‘ida Szinpin Bill Geytsga uni ko‘rganidan xursand ekanligini va bu yil uchrashgan birinchi amerikalik do‘sti ekanligini aytgan.

Bu Si Szinpinning xorijlik biznes yetakchisi bilan so‘nggi yillardagi ilk uchrashuvi bo‘ldi. 

"Men tez-tez aytamanki, AQSH-Xitoy munosabatlarining poydevori odamlardir. Men Amerika xalqiga umid qilaman. Hozirgi global vaziyatda biz mamlakatlarimiz va xalqlarimiz uchun foydali bo‘ladigan hamda butun insoniyatga manfaat keltiradigan turli tadbirlarni amalga oshirishimiz mumkin”, degan Xitoy rahbari.

Ular bundan avval 2015 yilda Boao forumi doirasida uchrashgan. Bir necha yil o‘tib uchrashganidan amerikalik tadbirkor juda xursandligini aytib o‘tgan.

“Biz har doim ajoyib suhbatlar o‘tkazganmiz va bugun biz ko‘plab muhim mavzularni muhokama qilamiz. So‘nggi to‘rt yil davomida kela olmaganimdan juda xafa bo‘ldim, shuning uchun qayta kelganimdan juda xursandman”,  deydi Geyts.

Joriy yil boshida chegaralar ochilganidan beri bir nechta kompaniya rahbarlari Xitoyga tashrif buyurdi, biroq ularning aksariyati hukumat vazirlari bilan uchrashdi.

2020 yil boshida Si Szinpin Geytsga xat yozib, Geyts jamg‘armasiga Xitoyga yordam berishga va’da bergani uchun, jumladan, COVID-19 ga qarshi kurashishga 5 million dollar ajratgani uchun minnatdorchilik bildirgan edi.

Si Szinpin Geyts bilan uchrashuv chog‘ida Xitoy “gegemonlikka intilayotgan kuchli mamlakat” degan eski yo‘ldan bormasligini, ko‘pincha Qo‘shma Shtatlarni gegemonlikka intilayotganligini aytib, Pekin umumiy taraqqiyotga erishish uchun boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilishini ta’kidladi. 

Aytish joizki, 14 iyunda kelgan Bill Geyts tashrifi davomida Giyohvand moddalarni ishlab chiqish global institutida nutq so‘zladi.

Geytsning tashrifi AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning dunyoning ikki yirik iqtisodiyoti va strategik raqiblari o‘rtasidagi munosabatlarni barqarorlashtirish maqsadida Xitoyga uzoq kutilgan tashrifi oldidan amalga oshirildi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy Kubadagi bazasidan Amerika Qo‘shma Shtatlar haqida razvedka ma’lumotlarini yig‘ish uchun foydalanayotgani hamda Vashington bu vaziyatdan xavotirda va unga qarshi choralar ko‘rayotgani xabar berilgandi.

Shuningdek, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Van Venbin Xitoy Yevropa Ittifoqini Tayvan bilan har qanday rasmiy aloqadan o‘zini tiyishga va Tayvan mustaqilligi tarafdori bo‘lmaslikka chaqirgan edi.

Ibrohimjon G‘afforov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Si Tszin'pin Bill Geyts

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made