Birinchi Amerika go‘zali vafot etdi (foto)
Bu qiziq
−
27 fevral
137811952 yilda birinchi marta “AQSH go‘zali” tanlovida g‘olib chiqqan aktrisa Jaklin Lokeri kecha, 26 fevral kuni 94 yoshida vafot etdi. Bu haqda go‘zallik tanlovining rasmiy sahifalarida xabar berildi.
“Biz chuqur afsus bilan 1952 yilda birinchi AQSH go‘zali sifatida tarixga kirgan Jaklin Lokeri vafot etganini e’lon qilamiz”, deyiladi bayonotda.
Aktrisaning o‘lim sababi aniqlanmagan.
Lokeri 1930 yil 18 aprelda Nyu-Yorkda tug‘ilgan. U shahardagi Sentr-Frensis Ksaver nomidagi yosh xonimlar akademiyasida tahsil olgan. Go‘zallik tanlovidagi g‘alaba Lokeriga “Universal International” kinostudiyasi bilan shartnoma imzolash va aktrisalik faoliyatini boshlash imkoniyatini bergan. 1950-1960-yillarda bir qancha filmlar va teleseriallarda, jumladan, "Pardners" (1956),“Eighteen and Anxious” (1957) va “A Public Affair” (1962) filmlarida suratga tushgan.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyi boshlarida “Yaponiya go‘zali –2024” g‘olibi turli mish-mishlar ortidan sovrindan voz kechgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi