Birdaniga ikki xil vaksina bilan emlanish mumkinmi?

Jamiyat

image

Bir turdagi vaksinani olgan odam keyingi bosqichlarda boshqa vaksinani olishi mumkinmi? Ushbu savolga Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva javob berdi. 

“Yo‘q, mumkin emas, koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanayotganlar qaysi vaksinada emlanishni boshlagan bo‘lsalar, shu vaksina bilan barcha bosqichlarida emlanishlari kerak. 

Vaksinalarni emlash tartibi (ya’ni 2 yoki 3 marta), ular har bir vaksinada turlichadir, bu tartibning saqlanishi aynan shu vaksina yordamida organizmda eng yuqori darajada antitanachalar hosil qilish imkoniyatini beradi.”, deydi Ubaydulayeva.

Shuningdek, odam biror vaksinani ola boshlab, keyin ikkinchi vaksina bilan emlansa, birlamchi olingan vaksina to‘liq olinmagan bo‘lib, u samarasiz emlash, deb baholanadi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda o‘zbekistonliklar Britaniyaning AstraZeneca vaksinasi hamda O‘zbekiston va Xitoy hammuallifligida yaratilgan Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical rekombinant vaksinasi bilan emlanmoqda.

Joriy yilning 23 aprel kuni O‘zbekistonga Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasining dastlabki partiyasi keltirildi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi olimlari tomonidan yaratilayotgan ikki vaksina Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) nomzod-vaksinalar ro‘yxatiga kiritilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

65

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing