Bir vaqtda tug‘ilgan yetti egizak vafot etdi
Olam
−
19 fevral 2019
11485Iroqning Diyola viloyatida bir vaqtda tug‘ilgan yetti chaqaloqning barchasi vafot etdi. Bu haqda “al-Sumaria” telekanali xabar berdi.
Chaqaloqlar bir necha kun avval tug‘ilgan. Diyola sog‘liqni saqlash departamenti 25 yoshli ayol tabiiy yo‘l bilan yetti go‘dak – bir o‘g‘il va olti qiz dunyoga keltirganini ma’lum qilgan. Tug‘ruqdan keyin ona va bolalarning ahvoli yaxshi ekani aytilgan.
Al-Battul shifoxonasi direktori Ali Sharif yetti chaqaloqning tug‘ilishini Iroq uchun “misli ko‘rilmagan” voqea deb atagan. Biroq keyinroq bolalarning bari halok bo‘lgan.
“Bir necha kun avval al-Battul shifoxonasida tug‘ilgan yetti go‘dakning barchasi halok bo‘ldi”, degan telekanalga tibbiyot muassasasiga yaqin manba.
Telekanal go‘daklarning o‘limi yuzasidan batafsil ma’lumot bermagan.
LiveBarchasi