Bir sutkada Rossiyadagi 16 ta muhim nishonga zarba berdik – Zelenskiy

Olam

image

Ukraina harbiylari so‘nggi bir sutka ichida Rossiya hududidagi 16 ta muhim nishonga zarba berdi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Facebook’dagi sahifasida yozib qoldirdi.

Zelenskiyning aytishicha, zarbalar Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft ob’ektlari, aerodromlar, raketa bo‘linmasi va Ukrainaga hujumlar uyushtirishda muntazam foydalaniladigan infratuzilmaga qaratilgan.

“Uzoq masofali zarbalar neft ob’ektlariga – urushni moliyalashtirayotgan Rossiyaning neft daromadlariga berildi. Shuningdek, aerodromlar, raketa bo‘linmasi va Ukrainaga hujum qilishda doimiy foydalaniladigan infratuzilma nishonga olindi. Harbiy korxona va Rossiya logistikasi ham zarbalarga uchradi”, degan Zelenskiy.

Uning ta’kidlashicha, urush “kelib chiqqan joyiga qaytishi” kerak.

“Biz Rossiyaning tajovuzkorlik qobiliyatini adolatli ravishda kamaytirmoqdamiz. Men barcha ishtirok etgan jangchilarga aniqliklari uchun minnatdorlik bildiraman”, deya qo‘shimcha qilgan u.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 26 avgust tongida Rossiyaning Tambov viloyatidagi Kotovsk shahrida Wildberries logistika markazi Ukraina dronlari hujumi oqibatida yonib ketgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing