Bir oy ichida dunyoda koronavirusdan o‘limlar soni 46 foizga kamaydi — JSST

Salomatlik

image

Dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar orasida o‘lim soni oldingi 28 kunga nisbatan 46 foizga, infeksiyalar soni 31 foizga kamaydi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) xabar berdi.  

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, to‘rt hafta ichida dunyoda 3 738 575 infeksiya va 26 147 o‘lim holati qayd etilgan.

28 kun davomida eng ko‘p kasallanish AQSHda aniqlangan – 792 202. Keyingi o‘rinlarni Rossiya (339 564), Xitoy (320 029), Yaponiya (291 672) va Germaniya (281 468) egallagan. 

Joriy yil 20 fevraldan 19 martgacha eng ko‘p o‘lim holatlari ham AQSHda qayd etilgan – 8187. Keyingi o‘rinlarda Buyuk Britaniya (2474), Yaponiya (1898), Braziliya (1587) va Xitoy (1472)ni ko‘rish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

JSST koronavirus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing