Bir nechta viloyatda “valyutchik”lar qo‘lga olindi

3-sahifa

image

O‘zbekiston Respublikasining bir nechta hududida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, departamentning Toshkent shahar Mirobod tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan I.B., N.T. va E.M. fuqaro A.A.ga  jami 5 000 AQSH dollarini 62,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ularning yonidagi 17,7 mln so‘m, 5 000 Rossiya rubli va 25 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan. 

Bundan tashqari, departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligidagi tezkor tadbirda, Qiziltepa tumanida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan B.X. jami 6 000 AQSH dollarini fuqaro N.F.ga 74,7 mln so‘mga sotgan vaqtida qo‘lga olingan. Uning yonidagi 3 300 AQSH dollari esa ashyoviy dalil sifatida olingan.

Navoiy shahrida olib borilgan tezkor tadbirda  ham valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullangan F.Q. fuqaro Sh.H.ga jami 5 500 AQSH dollarini 68,4 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

valyuta ayirboshlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing