Bir nechta mahsulot uchun aksiz solig‘i oshiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Aksiz solig‘iga tortiladigan ayrim mahsulot turlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilishni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

Farmonga ko‘ra:

2019 yil 15 avgustdan siqilgan gazni yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilishda aksiz solig‘i stavkasi 20 foizga;

2019 yil 1 oktyabrdan alkogolli mahsulotning aksiz solig‘i stavkasi o‘rta hisobda 10 foizga, tamaki mahsulotining aksiz solig‘i stavkasi 20 foizga oshirildi.

Shuningdek, spirt va alkogolli mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga oid ilgari berilgan litsenziyalarning amal qilish muddati 2020 yilning 1 yanvariga qadar uzaytirildi.


Maqola muallifi

Teglar

aktsiz solig'i

Baholaganlar

50

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing