Bir necha OTMlarga rektorlar tayinlandi
Jamiyat
−
15 avgust 2023
16147O‘zbekistondagi uchta oliy ta’lim muassasasiga rektorlar tayinlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Hukumatning 2023 yil 14 avgustdagi 383-son qarori bilan 3 ta oliy ta’lim muassasasiga:
- Dilshodbek Rustamov Abduvohidovich Andijon davlat chet tillari institutining rektori;
- Rustambek Tojiyev Rasulovich Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutining rektori;
- Abdug‘affor Jo‘rayev Safarovich Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining rektori etib tayinlandi.
Qayd etilishicha, mazkur qaror bilan vazifasini bajaruvchi rektorlar rasman lavozimga tasdiqlangan.
Ma’lumot uchun, Abdug‘affor Jo‘rayev 1968 yilning 3 mayida Denov tumanida tug‘ilgan. 1991 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan.
Faoliyati davomida Surxondaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasi yetakchi va bosh mutaxassisi, Sirdaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. Shuningdek, Toshkent moliya institutida fakultet dekani, Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali direktori lavozimlarida va 2022 yildan buyon Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti rektori vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Rustambek Tojiyev esa Farg‘ona politexnika instituti arxitektura va qurilish materiallari fakulteti dekani bo‘lib ishlagan.
LiveBarchasi