Bir kun kelib “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishimga ishonaman – Rafinya

Sport

image

“Barselona” va Braziliya terma jamoasi futbolchisi Rafinya faoliyatidagi ambitsiyalari haqida gapirar ekan, kelajakda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishiga ishonishini aytdi. Bu haqda “Footboom” nashri xabar berdi.


“O‘ylaymanki, kelajakda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish uchun menda real imkoniyat bor va men bunga ishonaman. Futbol davrlarga bo‘linadi. Bu katta maqsadlarga erishish uchun hali oldimda ko‘p yillar bor. Bu yilgi marosimda beshinchi o‘rinni olganim haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, bu men uchun og‘ir yuk emas, aksincha, olov uchun yoqilg‘i. Men nimaga qodir ekanligimni yaxshi bilaman”,  deydi Rafinya.

U shuningdek, futboldagi shaxsiy mukofotlar jamoaviy muvaffaqiyatlar bilan chambarchas bog‘liqligini ta’kidladi:

“Oltin to‘p”, albatta, shaxsiy shon-shuhrat bilan bog‘liq, lekin futbol bu jamoaviy o‘yin. “Barselona” va Braziliya terma jamoasi bilan g‘alabalarimni eslar ekanman, muvaffaqiyatsizliklar haqida o‘ylashga hojat yo‘qligini his qilaman. Men chin dildan minnatdorman. Bu meni yanada ko‘proq ishlashga undaydi”, deya qo‘shimcha qiladi Rafinya.

Ma’lumot uchun, Rafinya o‘tgan mavsum “Barselona” bilan Ispaniya chempionligini va mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan, shuningdek, Chempionlar ligasida yarim finalga qadar yetib borgan edi. Shu sababli braziliyalik vinger “Oltin to‘p” sovrini uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilgan, biroq yakunda 5-o‘rinni egallagan.

Joriy mavsumda 28 yoshli futbolchi “Barselona” safida barcha turnirlarda 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 sentyabr kuni Parij shahrida “France Football” nashrining 2025 yilgi “Oltin to‘p” taqdirlash marosimida Usmon Dembele marosimning bosh mukofotini qo‘lga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona” Rafin'ya “Oltin to'p”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing