“Bir hovuch” davlatlar? – Rossiyalik senator Erdo‘g‘anga javob qaytardi
Olam
−
20 Oktabr 2021
17172Rossiyalik senator Aleksey Pushkov Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari haqida bildirgan fikriga javob qaytardi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Erdo‘g‘an BMT Xavfsizlik kengashidan norozi: dunyo undagi “bir hovuch” davlatlardan buyukroq. Bir hovuch? Bu davlatlar ikki milliard odam degani”, deya yozgan Pushkov Twitter sahifasida.
Shu bilan birga u Xavfsizlik Kengashining yangi a’zolari uchun qanday kriteriyalar qo‘yilishi haqida savol bergan.
“Xavfsizlik Kengashi isloh qilinishi, BMTda tartibni buzadi va Xavfsizlik Kengashini Bosh Assambleyagigsh mini-versiyasiga aylantiradigan mayda-chuyda tartibsizliklar boshlanadi”, degan Pushkov.
Avvalroq, Rajab Toyib Erdo‘g‘an BMT XKni isloh qilish kerakligini, insoniyat taqdirini Ikkinchi jahon urushida g‘alaba qozongan “bir hovuch” davlatlarga ishonib bo‘lmasligini aytgandi.