Bir haftalik tanaffusdan so‘ng yana Moskvaga dron hujum qildi
Olam
−
18 avgust 2023 11027 1 daqiqa
Bugun, 18 avgust kuni soat 04:00 atrofida uchuvchisiz samolyot yordamida Moskva shahri va viloyatida joylashgan ob’ektlarga qarshi dron hujumi uyushtirildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, dron havo hujumidan mudofaa qurollari ta’siridan so‘ng parvoz yo‘nalishini o‘zgartirib, Moskvaning Krasnopresnenskaya qirg‘og‘i hududidagi noturar joy binosiga qulagan.
Moskva meri Sergey Sobyaninning yozishicha, dron parchalari Ekspomarkaz zonasiga tushgan va binoga jiddiy zarar yetkazmagan.
“Qurbonlar yo‘q. Hodisa joyida favqulodda xizmatlar ishlamoqda”, deydi Sobyanin.
Favqulodda vaziyatlar xizmatiga ko‘ra, dron qulab tushgan pavilonning maydoni 30 kvadrat metrni tashkil qilgan. Binoning tashqi devori shikastlangan.
Hujumdan ko‘p o‘tmay, Moskvaning Vnukovo aeroporti atrofidagi havo hududi yopilgan. Aviatsiya xizmati vakillari reyslarning bir qismi poytaxtning boshqa havo bandargohlariga o‘tkazilganini aytdi.
Biroq, bir soatdan kamroq vaqt o‘tgach, Moskva osmoni samolyotlar uchun qayta ochilgan. Ta’kidlanishicha, Vnukovoda oltita ketish va sakkizta kelish reysi qoldirilgan. Beshta reys boshqa aeroportlarga ko‘chirilgan. Shuningdek, poytaxtning Sheremetevo va Domodedovo aeroportlarida bir nechta reyslar kechiktirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya poytaxti Moskvaga 1, 6, 9, 10, 11 avgust kunlari ham uchuvchisiz qurilmalar yordamida hujumlar uyushtirilgandi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28