Bir haftada Toshkentdagi barcha issiqxonalar gazga ulanadi
Jamiyat
−
25 noyabr 2175 2 daqiqa
Bir hafta muddatda poytaxt Toshkent va unga tutash hududlardagi barcha issiqxonalarga tabiiy gaz yetkazib beriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonda so‘z borgan.
Unda Energetika vazirligi bir hafta muddatda Toshkent shahri va unga tutash bo‘lgan hududlardagi barcha issiqxona ob’ektlariga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzilishini tashkil etish va uzluksiz tabiiy gaz yetkazib berilishini ta’minlash bo‘yicha mas’ul etib belgilangan.
Farmonga muvofiq, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi bir hafta muddatda maydoni 200 kv metr va undan yuqori bo‘lgan issiqxonalarda chang-gaz tozalash uskunalari nosoz ishlashi yoki mavjud bo‘lmaganligi uchun ma’muriy jarimalar miqdorlarini yuridik shaxslarning mansabdor shaxslariga 5 baravarga va jismoniy shaxslarga 3 baravarga oshirish hamda maydoni 200 kv metr va undan yuqori bo‘lgan issiqxonalarda yoqilg‘i moddalar, material va chiqindilar (shina, bitum, mazut, ishlatilgan avtomobil moyi plyonka, rezina, jun tolasi va boshqalar) yoqilgani aniqlanganda isitish qozonxonasini davlat foydasiga musodara qilishni nazarda tutuvchi jinoiy javobgarlikni joriy etish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqishi kerak.
Ma’lumot uchun, Toshkent shahri va unga tutash hududlarda jami 6517 ta issiqxona ro‘yxatga olingan bo‘lib, ulardan 2925 tasi faoliyat yuritmaydi. 195 tasida nostandart qozonxonalar mavjud, shundan 53 tasi tabiiy gazga ulangan, 100 tasida filtrlar bor, 1827 tasida filtr yo‘q, 3592 tasi ko‘mirdan foydalanadi.
Live
Barchasi