Bill Geyts Yerdagi hayot qachondan me’yorga tushishini bashorat qildi

Olam

image

Amerikalik biznesmen, Microsoft korporatsiyasining asoschisi Bill Geyts koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli yuzaga kelgan tarang vaziyat axminan 1-2 yil o‘tgach me’yoriy hayotga qaytishi mumkin, deb hisoblaydi. Bu haqda u Fransiyaning “Le Figaro” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

Uning fikriga ko‘ra, bu sanadan oldinroq bo‘lmaydi.

Milliarderning ta’kidlashicha, dunyoni bu holatga qaytarish uchun davolash va emlashning juda samarali metodlari lozim bo‘ladi.

Geytsning ta’kidlashicha, “sinov va kuzatuv tizimlari” yordamida infeksiya tarqaladigan joylarni tezda topish va “ularni boshqarish” mumkin. Ammo odamlar mukammal hayotga qaytish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi, chunki ular COVID-19 niyuqtirib olishdan juda tashvishlanib, o‘zlarining hayot tarzini tubdan o‘zgartiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Bill Geyts

Baholaganlar

420

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing