Bill Geyts insoniyatni pandemiyadan keyingi ikki xavfdan ogohlantirdi
Olam
−
08 fevral 2021
14994Amerikalik milliarder, Microsoft asoschisi Bill Geyts koronavirus pandemiyasi tugaganidan keyin insoniyatga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ikkita xavfni ma’lum qildi.
Tadbirkor birinchi muammo iqlim tahdidi ekanini ta’kidlagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tahdid har yili pandemiyaga qaraganda ko‘proq o‘limga olib keladi.
Microsoft asoschisi insoniyat duch kelishi mumkin bo‘lgan yana bir muammo bioterrorizm ekanini aytgan.
"Ularning zarari tabiiy epidemiyalar bilan taqqoslaganda yuqori", degan Geyts.
Ma’lumot o‘rnida, OAVda milliarderning 2015 yilda aytgan hayratlanarli so‘zlari bor. Geyts ularda mabodo yaqin o‘n yil ichida odamlar qirila boshlasa, bunga urush emas, balki o‘ta yuqumli virus sabab bo‘lishini ta’kidlagan.
LiveBarchasi