Bezos bir haftada Amazon'ning 3 milliard dollarlik aksiyalarini sotdi

Olam

image

Amazon.com Inc asoschisi va Bosh ijrochi direktori Jeff Bezos shu hafta kompaniyaning 3 milliard dollarlik aksiyalarini sotdi.

Ma’lumotga ko‘ra, sotilgan aksiyalar Bezosning Amazondagi ulushining 1,8 foizini tashkil qilgan.

2-3 noyabr kunlari Bezos Amazon'ning 998,8 ming dona aksiyasini har bir aksiya uchun 2 ming 951 dan 3 ming 79 dollargacha bo‘lgan narxlarda sotgan.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, hozirda rekord darajada savdoga qo‘yilayotgan aksiyalar oldindan tayyorlangan reja doirasida sotilmoqda.

Bezosning Amazon'dagi qolgan 10,7 foiz ulushi 173 milliard dollardan oshadi. 

Joriy yilning fevral oyida Bezos Amazon aksiyalarini taxminan 3,5 milliard dollarga, avgust oyida yana 3 milliard dollarga sotgan. 

Joriy yil boshidan buyon Amazon aksiyalarining qiymati 80 foizga oshgan. 

Ma’lumot uchun, bu yil Bezosning boyligi 76,1 milliard dollarga o‘sib, 191 milliard dollarni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, pandemiya davrida eng ko‘p foyda ko‘rgan milliarderlar qatorida birinchilikni Jeff Bezos egallagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jeff Bezos

Baholaganlar

50

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing