Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylarni tabrikladi
Jamiyat
−
30 Sentabr 2020
13374Ayni daqiqalarda Xalqaro kongress markazida 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tmoqda. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Unda Prezident so‘zga chiqib, mamlakatdagi barcha o‘qituvchi va murabbiylarga tabrik yo‘lladi. Tabrikda millionlab bolalar qalbiga ilm-fan ziyosini singdirib, ularni el-yurtga munosib insonlar qilib tarbiyalayotgan zahmatkash va oliyjanob ustozlarga chin dildan minnatdorlik bildirildi.
Jamiyatda ustozlarga bo‘lgan hurmat, ularning obro‘-e’tibori va nufuzini oshirish borasidagi ishlarning pirovard maqsadi, mamlakatda ilm-fan, ta’lim-tarbiya sohalarini rivojlantirish, taraqqiyot uchun zarur intellektual avlodni tarbiyalashga qaratilgani alohida ta’kidlandi.
Tantanali tadbir videoaloqa shaklida tashkil etilgan bo‘lib, unda respublikaning barcha hududlaridan o‘qituvchi va murabbiylar, ziyolilar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etmoqdalar.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr