Beterbiyev-Bivol jangi sanasi e’lon qilindi

Sport

image

Boks bo‘yicha yarim og‘ir vaznda mutlaq jahon chempionligi kamari uchun rossiyalik Artur Beterbiyev va Dmitriy Bivol o‘rtasidagi jang 1 iyun kuniga belgilandi.  Bu haqda sport jurnalisti Den Rafael ma’lum qildi.

Jang Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi “Kingdom Arena”da bo‘lib o‘tadi. Hozirda turnir qaysi platformada translyatsiya qilinishi masalasi muhokama qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, Artur Beterviyev ham, Dmitriy Bivol profboksdagi faoliyati davomida biror marta mag‘lubiyatga uchramagan. 39 yoshli Beterbiyev 20 ta jangda, 33 yoshli Bivol esa 22 ta to‘qnashuvda raqiblaridan ustun kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Artur Beterbiev Dmitriy Bivol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing