Trampning Xitoyda bank hisobi borligi aniqlandi
Olam
−
21 Oktabr 2020
11856
AQSH Prezidenti Donald Trampning Xitoy Xalq Respublikasida bank hisob raqami mavjud. Bu haqda "The New York Times" ma’lumot bergan.
Nashrning ta’kidlashicha, Xitoydagi hisob raqami Trump International Hotels Management LLC tomonidan nazorat qilinadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyga 2013 yildan 2015 yilgacha 188 ming dollar soliq to‘langan.
"Xitoydagi hisob raqami Trump Organization Xitoyda ofis tashkil qilgandan so‘ng ochilgan", degan Trump Organization advokati Alan Garten.
Shuningdek, Trampning Buyuk Britaniya va Irlandiyada ham bank hisob raqamlari mavjud.
Ma’lumot uchun, AQSHdagi prezidentlik saylovlariga tobora oz muddat qolmoqda. Saylovlar joriy yilning 3 noyabr kuni o‘tkaziladi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

O‘zbekistonda 1 martdan oylik va nafaqalar oshadimi?
35851
17 fevral

1 apreldan elektr va tabiiy gaz tariflari oshadi
24810
17 fevral

Shohjahon Ergashev o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi
21765
16 fevral