Besh davlat o‘z diplomatlarini Ukrainadan evakuatsiya qiladi
Olam
−
27 yanvar 2022
9615AQSH, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Germaniya va Kanada o‘z diplomatlarining bir qismi va ularning oila a’zolarini Ukrainadan evakuatsiya qilmoqda. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebaning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi 129 diplomatik vakolatxonadan faqat to‘rtta davlat — AQSH, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Germaniya Kiyevdan xodimlarini evakuatsiya qilish qarorini aytgan. Kecha, 25 yanvar kuni kechqurun Ukrainadan diplomatlarining oilalarini evakuatsiya qilish qarori Kanada Tashqi ishlar vazirligi tomonidan e’lon qilingan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiya hukumati ham o‘z fuqarolarini, jumladan elchixona xodimlarini evakuatsiya qilish zaruratini o‘rganmoqda.
Ta’kidlanishicha, olti davlat ham o‘z fuqarolariga Ukrainaga sayohat qilmaslikni tavsiya qilgan.
Kuleba bu davlatlarning diplomatlarni evakuatsiya qilish qarorini muddatidan oldin deb atagan. Ukraina rasmiylariga ko‘ra, buning uchun haqiqiy asoslar yo‘q.
So‘nggi paytlarda G‘arb mamlakatlarida, shuningdek, Kiyevda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi mumkinligi haqida bayonotlar paydo bo‘ldi. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunday ma’lumotni bo‘sh va asossiz keskinlikning kuchayishi deb atadi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya hech kimga tahdid solmaydi. Shu bilan birga, Peskov bunday bayonotlarni oqlash uchun provokatsiyalar bo‘lishi mumkinligini inkor etmadi va Ukraina janubi-sharqidagi inqirozni kuch bilan hal qilishga urinishlar eng og‘ir oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirdi.
LiveBarchasi