Beruniy tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 19 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining yetmish yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tumanga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kenesi axborot xizmati xabar berdi. 

Unga ko‘ra, sessiyada Xidirov Ikrom Torebayevich Beruniy tumani hokimi etib tayinlangan.

Shuningdek, yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kenesi rahbari Amanbay Orinbayev so‘zga chiqqan.  

Ma’lumot uchun, Xidirov Ikrom Torebayevich shu kunga qadar “Qoraqalpog‘iston agroklaster” mas’uliyati cheklangan jamiyatida cho‘l obodonlashtirish ta’sischi sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 18 dekabr kuni xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Namangan viloyat hokimiga ikki nafar o‘rinbosar va Namangan shahriga yangi hokim tayinlangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston hokim Beruniy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made