Bosh konsullik Tomskda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar sonini 5 nafar demoqda
Jamiyat
−
21 yanvar 2020
4536Avvalroq 21 yanvar kuni Rossiyaning Tomsk viloyati Prichulim posyolkasidagi yog‘ochdan qurilgan bir qavatli binoda yuz bergan yong‘in natijasida 11 kishi halok bo‘lgani, ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Novosibirskdagi O‘zbekiston bosh konsuli Yusuf Qobuljonovning ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlarning barchasi emas, balki 5 nafari O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Biz hodisa yuzasidan yordam berishga tayyor FVV, sog‘liqni saqlash va tergov idoralari bilan yaqin aloqada ishlayapmiz”, deya qo‘shimcha qilgan u.
U, shuningdek, ayni vaqtda posyolkada necha nafar O‘zbekiston fuqarosi borligi haqida ma’lumot yo‘qligini ta’kidlagan.
Sarvar Anvar o‘g‘li
LiveBarchasi