Berlinda RIA Novosti binosiga o‘t qo‘yishga uringan rossiyalik qamaldi
Olam
−
22 iyul
3693Germaniyaning Berlin shahrida Rossiyaning RIA Novosti nashri xodimlari yashaydigan binoga o‘t qo‘yishda gumon qilingan rossiyalik Dmitriy Bagrashga bugun, 22 iyul kuni sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.
Sudda prokuror tomonidan Bagrashga 4 ta ayblov qo‘yildi. Ularning asosiylaridan biri RIA Novosti xodimlari yashaydigan Berlinning g‘arbiy qismidagi binoga o‘t qo‘yishga urinish bo‘lgan. Qolgan uchta ayblov koronavirus pandemiyasi boshlanganda kichik biznes uchun davlat tomonidan moliyaviy yordam olishda firibgarlik, shuningdek, shahar elektr va gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish bilan bog‘liq. Sud uni 5 yilu 4 oyga ozodlikdan mahrum qildi.
Nashrning yozishicha, sud jarayonida raislik qiluvchi sudya Tomas Gros o‘z nutqida Rossiyadagi vaziyat bo‘yicha sudlanuvchining siyosiy qarashlarini hurmat qilishini aytgan va sudda halok bo‘lgan ukrainaliklar xotirasiga bir daqiqa sukut saqlangan.
“Berlindagi turar-joy binosiga o‘t qo‘yishga urinish bo‘yicha sud jarayoni siyosiy emas, jinoiydir”, degan sudya.
Sud 2022 yil 24 aprelga o‘tar kechasi Dmitriy Bagrash Berlindagi RIA Novosti xodimlarining uyi yaqinida qo‘lbola o‘t qo‘yish moslamasini joylashtirganini aniqladi. Berlindagi rus muxolifatining tarafdorlari orasida tanilgan 56 yoshli ayblanuvchi Rossiya hukumati va shaxsan Vladimir Putinni tanqid qilgan bir qancha shov-shuvli ko‘cha aksiyalarining tashabbuskori bo‘lgan. U Berlindagi Rossiya elchixonasi ro‘parasida fotoko‘rgazmalar tashkil qilgan. Brandenburg darvozasi yonida va Germaniya Federal kansleri idorasi yonida norozilik kayfiyatidagi miting tashkil qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Sverdlovsk viloyat sudi amerikalik “The Wall Street Journal” muxbiri Evan Gershkovichni 16 yilga qattiq rejimli koloniyaga hukm qilgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi