Berlin Ukrainaga tank uchun snaryadlar yetkazib berdi

Olam

image

Germaniya hukumati Ukrainaga Leopard 2 tanklari uchun snaryadlar va 10 ta Marder jangovar mashinalarini yetkazib berdi. Bu haqda Germaniya Mudofaa vazirligi saytida chop etilgan bayonotda ma’lum qilindi.

Yordam paketidan quyidagi jihozlar ham o‘rin olgan:

  • 115 mm kalibrli deyarli 10 mingta zaryad,
  • 1ta Biber ko‘prik mashinasi,
  • o‘nlab yuk mashinalari,
  • 305 ta MK 556 avtomatlari,
  • minglab qishki harbiy formalar,
  • shlemlar.

Ma’lumot uchun, 2022 yilning fevralidan beri Ukrainaga Germaniyadan ko‘rsatilgan gumanitar, moliyaviy va harbiy yordamning umumiy hajmi 25 milliard yevrodan oshgan. O‘tgan yilning noyabr oyida Germaniya hukumati yordamni 2024 yilda 4 milliard yevrodan 8 milliard yevrogacha oshirish niyatida ekanini bildirgan. Biroq, hukumat fiskal muammolar tufayli byudjet bo‘yicha haligacha kelishib olgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukraina Birlashgan Qurolli Kuchlari qo‘mondoni general-leytenant Sergey Nayev Ukrainani Rossiya raketa hujumlaridan himoya qilish uchun o‘q-dorilar yetishmovchiligidan ogohlantirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Ukraina Marder Leopard

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing