Berlin Kiyevga ishlamaydigan qurollarni yetkazib bergan – Berbok
Olam
−
26 Sentabr 2023
9184Germaniya tomonidan Ukrainaga berilgan qurollarning bir qismi eskirgan yoki ishlamay qolgan. Bu haqda Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Agar siz faqat va’da qilsangiz va bajarmasangiz, hatto ishlamaydigan uskunalarni yetkazib bersangiz... Bu yordam berish degani emas. Bizning ba’zi tizimlarimiz allaqachon eskirgan, ba’zilari boshidanoq nosozligini bilardik”, degan Berbok.
TIV rahbarining qo‘shimcha qilishicha, qurollarning samaradorligiga ishonch hosil qilish uchun Berlin haligacha Taurus taktik raketalarini Kiyevga jo‘natmagan.
“Taurus’ni qachon berishimizni ayta olmayman. Masala shu qadar murakkabki, biz barcha tafsilotlarni – ular qanday ishlaydi, kim ularni boshqaradi, hammasini aniqlashimiz kerak. Men Ukrainaning vaqti kamligini tushunaman, lekin biz biror narsani topshirganimizda, u jang maydonida muvaffaqiyatli ishlashi kerak”, deydi TIV rahbari.
Ma’lumot uchun, ushbu raketa Germaniya va Shvetsiya hamkorligida ishlab chiqarilgan bo‘lib, hozirda Germaniyadan tashqari Ispaniya va Janubiy Koreyada ham qo‘llaniladi. Taurus havodan uchiriladigan qanotli raketalar tipiga kiradi. Uning og‘irligi 1400 kilogrammni, korpusining diametri 1 metrni tashkil etib, 500 kilometrgacha masofadagi nishonlarni yo‘q qilishi mumkin. Taurus 2005 yildan boshlab qaynoq nuqtalarda qo‘llanilmoqda. Raketaning narxi 1,12 mln dollarga baholangan.
Taurus tipidagi raketalar yuqori ahamiyatga ega ob’ektlar, harbiy bo‘linmalar yoki front chizig‘idan ancha ichkaridagi yonilg‘i quyish manzillari va chuqur joylashtirilgan bunkerlar kabi himoyalangan nishonlarni ham yo‘q qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 sentyabr kuni Annalena Berbok Kiyevga kelganida ham Ukrainaga uzoq masofaga uchuvchi Taurus qanotli raketalarini yetkazib berishga va’da bera olmasligini aytgandi.
LiveBarchasi