Berdimuhamedov O‘zbekistonga gaz yetkazishga mas’ul bo‘lgan amaldorlarni ishdan oldi

Olam

image

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov yoqilg‘i-energetika kompleksida qator tayinlovlarni amalga oshirdi. Lavozimdan ozod etilganlar orasida O‘zbekistonga gaz yetkazib berishga ma’sul bo‘lganlar ham bor. Bu haqda “Neytral Turkmaniston” hukumat gazetasi xabar berdi. 

Bu qarorlar davlat rahbari tomonidan joriy yilning 10 fevral kuni Turkmanistonni 2022 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga bag‘ishlangan hukumatning kengaytirilgan yig‘ilishida qabul qilingan. 

Oxirgi yig‘ilish yakunlariga ko‘ra Serdar Berdimuhamedov bir qator kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilgan: 

•    Ashirguli  Begliyev Prezidentning neft va gaz masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etilgan va Bosh vazirning neft va gaz sanoati masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan;

•    Shohim Abdrahmonov Bosh vazirning neft-gaz kompleksi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan; 

•    Charimurod Purchekov Bosh vazirning elektroyenergetika, qurilish va sanoat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan. Uning o‘rnini Boymurod Annamammedov egallagan.
 
Joriy yilning yanvarida Galkinish konidagi muammolar tufayli Turkmaniston yoqilg‘i-energetika majmuasida jiddiy o‘zgarishlar kutilayotgan edi, bu esa O‘zbekistonga gaz yetkazib berishda uzilishlarga olib keldi. 

“Turkmen.news” joriy yilning 9 fevralida Turkmangazda 6 kishi hibsga olingani haqida yozgan edi. Ular orasida Moddiy-texnika resurslari va jihozlash boshqarmasi boshlig‘i Sh.Ajdarov va “Turkmengazakdirish” uyushmasi rahbari vazifasini bajaruvchi Sh.Cho‘panov ham bor. 
 
Navshrning yozishicha, “Turkmangaz” kompaniyasi rahbari B.Amanov esa Prezident Berdimuhamedovdan qattiq tanbeh olgan, biroq ular jiddiyroq jazodan qutulib qolgan. 

"Bosh prokuratura tekshiruvi shuni ko‘rsatdiki, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, atigi 6 kun davomida Galkinish konidan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish majburiy ravishda to‘xtatilgan, yetkazilgan zarar miqdori 59,7 million AQSH dollarini tashkil qilgan. 

O‘zbekiston Turkmanistonga gaz yetkazib berishda uzilishlar bo‘yicha hech qanday rasmiy da’vo kiritmagan va hech qanday kompensatsiya talab qilmagan", deb yozgan "Neftegaz.ru". 

Bundan tashqari, diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan mamlakatlar o‘rtasida do‘stona yordam almashilgan, Turkmaniston tomonidan suyultirilgan gaz partiyasi, O‘zbekiston tomonidan esa tibbiy maxsus jihozlar yuborilgan. Biroq Turkmaniston Xitoyga gaz yetkazib bermagani uchun jarimaga tortilishi mumkin. 

Bundan tashqari, yaqin orada Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berilishi boshlanishi mumkin va bu Turkmanistonning O‘zbekistonga gaz yetkazib berish rejalari bilan qanday bog‘liqligi aniq emas. 

“2022 yil dekabrida Turkmanistondan 3 oyga 1,5 milliard m3 hajmda gaz yetkazib berish bo‘yicha birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma imzolangan edi (ilgari “Gazprom” O‘zbekiston uchun turkman gazini sotib olgan edi). Biroq, vaziyat shuni ko‘rsatadiki, Turkmanistonning o‘zi O‘zbekiston bilan uzoq muddatli shartnoma tuzishdan qochib, Turkmaniston-Afg‘oniston-Pokiston-Hindiston magistral gaz quvuri 4-liniyasi Markaziy Osiyo - Xitoy bo‘yicha taraqqiyotni kutmoqda”, deyiladi nashr ma’lumotida. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov 2022 yilning 12 dekabr kuni Ashxobodga borib, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashib, uni O‘zbekistonga qo‘shimcha 20 mln kub metr gaz yetkazib berish bo‘yicha ko‘ndirib qaytdi. Faqatgina ko‘ndirish bilan cheklanmadi, kelishuvni qog‘ozga tushirib, imzo ham chektirib oldi. 

 


Maqola muallifi

Teglar

Serdar Berdimuhamedov hafta dayjesti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing