Berdimuhamedov o‘zi va o‘g‘li nomidan Mirziyoyevni tabrikladi

Jamiyat

image

Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga qo‘ng‘iroq qilib, uni 65 yoshni qarshilagani bilan muborakbod etdi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

“Xalq Maslahati Raisi Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va birodar turkman xalqi nomidan davlatimiz rahbarini tug‘ilgan kuni bilan dildan muborakbod etib, O‘zbekistonga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik, barqaror taraqqiyot va ravnaq tiladi”, deyiladi xabarda. 

Suhbatda O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilingan.

Shuningdek, joriy yil 14-15 iyul kunlari O‘zbekistonga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrifning samarali yakunlari yuqori baholangan. Qabul qilingan “yo‘l xaritasi” asosida erishilgan kelishuvlarni, shu jumladan Sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha o‘rta muddatli dasturni, Chegaraoldi savdo zonasini tashkil etish loyihasini, birinchi Hududlar forumi va Ishbilarmonlar kengashi yakunida imzolangan savdo shartnomalari va bitimlarini amalga oshirish muhimligi ta’kidlangan.

Samarali yo‘lga qo‘yilgan parlamentlararo muloqot doirasida olib borilayotgan faol aloqalar va almashinuvlar alohida mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Mirziyoyev va Berdimuhamedov mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashgan, jumladan, joriy yil noyabr oyida Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining sammitini o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Gurbanguli Berdimuhamedov

Baholaganlar

19

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing