Berdimuhamedov O‘zbekistonga tashrifini yakunladi

Jamiyat

image
O‘zbekiston Turkmaniston bilan nimalarga kelishdi? north_east

O‘zbekiston Turkmaniston bilan nimalarga kelishdi?

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov O‘zbekistonga davlat tashrifini yakunladi. Bu haqda O‘zbekiston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Serdar Berdimuhamedovni “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida Prezident Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov kecha, 16 noyabr kuni davlat tashrifi bilan Toshkentga kelgandi. U Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi. Bugun, 17 noyabr kuni Toshkentdagi Ko‘ksaroy qarorgohida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov birgalikda suratga tushgach, tor doiradagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi.  Yetakchilarning muzokaralari kengaytirilgan tarkibda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom etdi. Prezidentlar “Shovot-Toshhovuz” qo‘shma chegaraoldi savdo zonasini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi. Ko‘ksaroy qarorgohida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga O‘zbekiston Respublikasining oliy davlat mukofoti – “Oliy Darajali Do‘stlik” ordenini topshirish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Turkmaniston Serdar Berdimuhamedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing