Berdimuhamedov Karimov haykali poyiga gul qo‘ygani “Oqsaroy”ga bordi

Jamiyat

image

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini yakunlash oldidan mamlakatning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi. 

Bugun, 5 oktyabr kuni Gurbanguli Berdimuhamedov Prezident Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Birinchi Prezident faoliyat yuritgan “Oqsaroy” qarorgohi – Islom Karimov ilmiy-ma’rifiy majmuasiga bordi. Prezidentlar O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykaliga gul qo‘ydi.

“Bu marhum yo‘lboshchimiz xotirasiga hurmat, xalqlarimiz o‘rtasidagi mehr-oqibat ifodasi bo‘ldi”, deyiladi Prezident Matbuot xizmatining axborotida. 

Shuning bilan Turkmaniston Prezidentining mamlakatimizga rasmiy tashrifi yakunlandi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Gurbanguli Berdimuhamedovni Prezident Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

Islom Karimov Gurbanguli Berdimuhamedov

Baholaganlar

110

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing