Berdimuhamedov sirkda chiqish qildi (video)

Olam

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov sirkda chiqish qildi. Bu haqda mamlakatning byuosh telekanali “Altyn Asyr” xabar bermoqda. 

Prezident joriy yilning 29 dekabr kuni xalqaro axaltekin ot-sport majmuasida bo‘ldi va chavandoz-akrobatlar chiqishini shaxsan tomosha qildi. U tashirifi davomida poygachilar va truppaning boshqa ishtirokchilari bilan suhbatlashgan.

Jamoa rahbari Pigi Bayramdurdiyev prezidentga Oq yel laqabli oq tusdagi arg‘umoqda aylanib kelishni taklif etgan. Berdimuxamedov otda manej bo‘ylab bir necha marotaba aylangan va sportchilarga ot minish sirlarini o‘rtoqlashgan. 

Uchrashuvda ishtirok etgan va she’r aytgan bolalarga tulporga bag‘ishlangan "Rovach" rep-kompozitsiyasi diski sovg‘a sifatida ulashilgan. 

Berdimuhamedov nabirasi bilan barcha uchun qo‘shiq ham ijro etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Gurbanguli Berdimuhamedov

Baholaganlar

116

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made