“Arqadag‘” Tojikistonga bordi

Olam

image

Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bugun, 4 aprel kuni rasmiy tashrif bilan Tojikiston poytaxti Dushanbega bordi. Bu haqda Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning o‘g‘li, poytaxt meri Rustam Imomali o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.

Tashrif doirasida oliy darajadagi uchrashuv rejalashtirilgan bo‘lib, unda davlatlar o‘rtasidagi turli sohalardagi munosabatlar muhokama qilinadi. Berdimuhamedovni aeroportda Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Kohir Rasulzoda kutib oldi.

Kecha, 3 aprel kuni Tojikistonda Turkmaniston madaniyati kunlari ochildi. Bugun esa Tojikiston Milliy muzeyida Turkmaniston rasmlari va xalq hunarmandchiligi ko‘rgazmasining ochilishi bo‘lib o‘tadi. Shu kuni “Ko‘xi Borbad” davlat majmuasida Turkmaniston va Tojikiston san’at ustalarining “Do‘stlik oqshomi” qo‘shma konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

Ertaga, 5 aprel kuni tadbir ishtirokchilari Dang‘araga jo‘nab, o‘zlarining madaniy dasturlarini tomoshabinlarga taqdim etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston Imomali Rahmon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing