Benzovoz portlashida 60 kishi qurbon bo‘ldi
Olam
−
10 avgust 2019
16327Tanzaniyaning Morogoro shahrida benzin tashuvchi avtomobilning (benzovoz) portlashi natijasida 60 kishi halok bo‘ldi, yana 70 nafari jabrlandi. Bu haqda mahalliy “The Citizen” nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qurbon bo‘lganlarning asosiy qismi ag‘darilgan benzovozdan to‘kilgan yoqilg‘ini to‘plashga uringan mahalliy aholidir. Guvohlarning aytishicha, portlash, benzovoz atrofidagi erkaklardan birining sigaret chekishi natijasida yuz bergan.
Ayni vaqtda Tanzaniya yong‘in xavfsizlik xizmati va Qurolli kuchlar bo‘linmalari favqulodda vaziyatning oqibatlarini bartaraf qilish choralarini ko‘ryapti.
Ma’lumot uchun, Morogoro Dar as-Salom shahridan 200 km g‘arbda joylashgan. Bu shahar mamlakatning eng yirik 10 ta shaharlari qatoriga kiritilgan.
LiveBarchasi