Benzin uchun tovon puli 55 foizga oshirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 3 iyuldagi qarori bilan avtomobil benzini uchun tovon puli miqdori oshirildi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati xabar berdi.

Qonunchilikka ko‘ra, ayrim toifadagi shaxslarga benzin sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun oylik tovon puli ajratiladi. Bularga urush qatnashchilari va nogironlari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar, shuningdek, mehnat jarohati va kasb kasalliklari tufayli I va II guruh nogironlari, bolalikdan I va II guruh nogironlari kiradi.

Bunga qadar 75 ming so‘mni tashkil etgan ushbu to‘lov miqdori 2023 yilning ikkinchi choragidan 55 foizga oshib, 116 180 so‘mga yetgan. 

Bildirilishicha, tovon puli olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar pensiya va nafaqa tayinlash uchun mas’ul bo‘lgan organlarga murojaat qilishlari mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekneftgaz Benzin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing