Benzin narxi yana oshdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

“O‘zbekneftgaz” AJ ga qarashli yonilg‘i quyish shoxobchalarida AI-92 markali benzin narxi yana oshdi. QALAMPIR.UZ  jamoasi bunga oydinlik kiritish maqsadida, benzin quyish shahobchalaridagi narxlarni o‘rgandi. Unga ko‘ra, AI-92 markali benzin narxi 8600 so‘mdan 9200 so‘mga qimmatlashgani aniqlandi. 

Benzin narxi oshirilgani sabablarini bilish uchun “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zbekneftgaz” “zapravka”larida 9 ming 200 so‘m narx qo‘yilgan AI-92 markali benzin aksiya asosida 7 ming 500 so‘mdan sotilgani va 2 avgustda ushbu aksiya tugaganini ma’lum qilgan edi. Aksiyadan keyin esa AI-92 markali benzin 8600 so‘mdan sotila boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekneftgaz Benzin AI-92 oshdi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing