Benzin narxi yana oshdi
3-sahifa
−
26 fevral
19943Bugun, 26 fevraldan “O‘zbekneftgaz” shoxobchalarida 80 markali benzin narxi 7000 so‘mga ko‘tarildi. Kecha, 25 fevral kuni ham 1 litr AI-80 benzini 6800 so‘mdan sotilayotgan edi. Bir kun ichida narx 200 so‘mga oshgan, yil boshidan beri qariyb 1000 so‘mga yoki 16,6 foizga qimmatlagan.
“O‘zbekneftgaz” rasmiy sahifalarida bu haqda hozircha hech qanday ma’lumot berilmadi. Narx ko‘tarilishining sabablari ham ma’lum qilinganicha yo‘q.
Bundan bir oy avval, 1 yanvar kuni ham “O‘zbekneftgaz” AJ shoxobchalarda benzin narxini 6050 so‘mdan 6800 so‘mga oshirgan edi. Narxning ko‘tarilishiga sabab sifatida kompaniya yonilg‘i uchun berilgan nol stavkali aksiz solig‘ining imtiyozli davri tugaganini keltirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda xususiy yonilg‘i quyish shoxobchalarida 80 markali benzin 8500 so‘mdan sotilmoqda. AYOQSHlarda turnaqator navbatlar yuzaga kelgan, ba’zi navbatlar 1 kilometrgacha cho‘zilgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Rossiyadan benzin va gaz import qilish boshlandi. O‘shanda ko‘pchilik O‘zbekistondagi energetik vaziyat yaxshilanishiga ishongan edi. Lekin, biz, negadir holatning barqarorlashuviga emas, tobora ko‘proq cheklovlar va turnaqator navbatlarga guvoh bo‘lyapmiz.
Mohinur Mamatova