Benzema “shantaj” sababli qamalishi mumkin
Sport
−
21 Oktabr 2021
5751“Real Madrid” sardori Karim Benzema “Olimpiakos” yarim himoyachisi Mate Valbuenani “shantaj” qilgani o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda uni qanday jazo kutib turgani ma’lum bo‘ldi.
“Get French Football News” xabariga ko‘ra, prokuratura shartli ravishda 10 oylik qamoq jazosi va 75 ming yevro miqdorida jarima belgilashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilda jinoyatchilar guruhi Valbuena ishtirokidagi videolavhani qo‘lga kiritgan va futbolchidan “shantaj” yordamida pul undirishga harakat qilgan edi.
Tergov komissiyasi tomonidan Benzema vositachi sifatida ishlaganlikda va jamoadoshini pul to‘lashga undaganlikda gumon qilinmoqda. Bu holat tufayli har ikki futbolchi uzoq vaqt davomida Fransiya terma jamoasiga chaqiruv olmagan.
LiveBarchasi