Benzema Ronalduga “provokatsiya” qildi 

Sport

image

Fransiyalik hujumchi Karim Benzema sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronalduni “Al-Hilol”ga o‘tganidan keyin yana Saudiya Pro-ligasi chempionligini qo‘lga kiritishi haqidagi hazil bilan g‘azablantirdi. Bu haqda “The Telegraph” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Benzema “Al-Hilol”ga transferi amalga oshgandan so‘ng sobiq jamoadoshi Ronalduga xabar yuborgan.  Fransuz futbolchi SMS orqali Ronalduga nafaqat maoshi oshirilganini, balki ligada yana g‘alaba qozonishni ham yozgan. Bu hazil, ko‘rinishidan chempionlikka intilayotgan Ronalduga yoqmagan. 

Ronaldu “Al-Nasr”da o‘ynayotganda jamoasining qishki transfer oynasida kuchaymaganidan norozi bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, hozirda “Al-Hilol” Saudiya Pro-ligada 50 ochko bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi, “Al-Nasr” esa atigi bir ochko kam to‘plagan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Krishtianu Ronaldu boykotni yakunlagani va jamoa safida o‘ynashni davom ettirishga tayyorligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Karim Benzema Saudiya Pro-ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing