Benzema Pikasso asarini sotib oldi

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” hujumchisi Karim Benzema ispaniyalik rassom Pablo Pikassoning 1964 yilda chizgan “Soqolli odam portreti” nomli asarini sotib oldi. Bu haqda RMC Sport nashri xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, Benzema ushbu asarni qanchaga sotib olgani oshkor qilinmagan, ammo Pikassoning rasmlari ko‘pincha kimoshdi savdosida 1 million yevrodan ortiq narxda sotilishi ma’lum. Futbolchi bu suratni o‘zining ijtimoiy tarmoqlariga joylashtirib, “Uyga xush kelibsan” deya izoh yozdi.  Mazkur asar 2025 yil boshida Nyu-Yorkdagi san’at sotuvchisi Xelli Nahmad galereyasida namoyish etilgan edi. 

Ma’lumot uchun, Benzema joriy mavsumda “Al-Ittihod” safida barcha musobaqalarda 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 38 yoshli hujumchisi Karim Benzema Saudiya klubi bilan shartnomasi yakunlagandan so‘ng, sobiq jamoasi “Real Madrid”ga qaytishi mumkinligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Karim Benzema Pablo Pikasso “Al-Ittihod”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing