Benzema Mbappening “Real”ga o‘tishi haqida fikr bildirdi
Sport
−
03 iyun 2021
6668Xabaringiz bor, “Real”ning fransiyalik hujumchisi Karim Benzema 5 yillik tanaffusdan so‘ng terma jamoaga chaqirildi va Uels terma jamoasiga qarshi kecha, 2 iyun kuni o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Biroq uning qaytishi omadli kechmadi, Benzema belgilangan penaltidan unumli foydalana olmadi. O‘yin taqdirini Mbappe, Grizmann hamda Dembele urgan gollar hal qildi.
Uchrashuvdan so‘ng Karim Benzema jamoadoshi Kilian Mbappe xususida gapirib o‘tdi:
“Terma jamoaga qaytish yoqimli, biroq penaltidan gol ura olmaslik yomon. Xayriyatki, jamoadoshlarim gol urdi va o‘yin bizning foydamizga yakunlandi.
Men Mbappening o‘yini haqida alohida to‘xtalib o‘tmoqchiman. Ko‘pchilikka ma’lumki, “Real” bir necha mavsumdan beri uning o‘yiniga qiziqish bildiradi. Bu bejizga emasligini endi anglab yetyapman. Sababi men u bilan mashg‘ulotda birga bo‘ldim, birga o‘yin o‘tkazdik. U shu qadar tezkorki, ba’zida himoyachilarga rahmingiz keladi. Insoniylik jihatidan ham u boshqalardan ajralib turadi.
Ishonchim komil, u “Real” uchun juda kerakli futbolchi! Agarda u bizga o‘tishga rozi bo‘lsa, u bilan ko‘plab yutuqlarga erishishimiz mumkin”.
Ma’lumot uchun, Karim Benzema Fransiya terma jamoasi libosida 5 yildan beri ilk bor maydonga tushdi.
Abdulla Mannonov
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15