Benzema La Liganing eng yaxshi to‘purarlari reytingida yuqoriladi

Sport

−

image

Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema La Ligadagi gollari soni bo‘yicha  “qirollik klubi” afsonasi Raulga yetib oldi.

“Real Madrid”ning 35 yoshli forvardi chempionatning 18-turida “Atletik” darvozasiga gol urdi. Bu Karimning La Ligadagi 228-goli hisoblanadi. Fransuz madridliklarning sobiq hujumchisi Raulga yetib olib, chempionatdagi to‘purarlar ro‘yxatida 5-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

Ugo Sanches (234), Telmo Sarra (251), Krishtianu Ronaldu (311) va Lionel Messi (472) La Ligada fransiyalik futbolchidan ko‘proq gol urgan.

23 yanvar kuni Ispaniya La Ligasining 18-turida “Atletik” – “Real” uchrashuvida “qaymoqranglilar” 2 ta to‘p farqi bilan g‘alaba qozondi. Benzema bahsning 24-daqiqasida gol urdi. “Real”ning o‘yindagi ikkinchi goliga germaniyalik Toni Kroos mualliflik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing