Benzema faoliyatini vatanida davom ettirishi mumkin

Sport

image

“Al-Ittihod”ning fransiyalik hujumchisi Karim Benzema qishda PSJga o‘tishi mumkin. Bu haqda “Sports zone” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ushbu transferga shaxsan Parij prezidenti Nosir Al-Xelayfi qiziqmoqda. U 36 yoshli fransiyalik futbolchini olti oyga ijaraga olmoqchi. Biroq, PSJ sport direktori Luish Kampush bu transferga qarshi.

Karim Benzema Saudiya Arabistonidagi sharoitlardan norozi va klubni tark etmoqchi. Bunday qarorga sabab sifatida havoning issiq va namligi, o‘yinlarga tashrif buyuruvchilarning kamligi, maydondagi muammolar, shuningdek, muxlislarning tanqidlari ko‘rsatilmoqda.

Joriy mavsumda Karim Benzema barcha turnirlarda 20 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi.

Benzemaning “Al-Ittihod” bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra futbolchining taxminiy narxi 15 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

PSJ Karim Benzema Al-Ittihod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing