Benzema “Al-Ittihod” safida o‘ynashdan bosh tortdi – manba 

Sport

image

“Al-Ittihod” hujumchisi Karim Benzema Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 19-turida “Al-Fateh”ga qarshi safardagi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda jurnalist Ben Yakobs xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bunga futbolchi va klub o‘rtasida yangi shartnoma bo‘yicha yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sabab bo‘lishi mumkin. 38 yoshli hujumchi taklif etilgan shartlardan qoniqmagan va klub rahbariyatini o‘yinda ishtirok etmasligi  haqida xabardor qilgan.  Ta’kidlanishicha, futbolchi va klub o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan, bu esa uning qat’iy pozitsiya egallashiga olib kelgan.

Ma’lumot uchun, Karim Benzemaning “Al-Ittihod” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakuniga qadar amal qiladi. Bu mavsumda u jamoa safida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol muallifi bo‘lgan. “Al-Ittihod” esa hozirda 17 ta uchrashuvdan so‘ng 30 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Karim Benzema “Al-Ittihod”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing