Attraksionda uchayotgan 13 yoshli bola tushib ketdi (video)
Olam
−
05 yanvar 2020
43823Bugun, 5 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda bolaning attraksiondan yiqilib tushgani tasvirlangan video tarqaldi.
Videoda “Rogatka” attraksionida uchishni boshlagan bola taxminan 6-7 metr balandlikdan pastga tushib ketgani ko‘rinadi. Hodisa joriy yilning 2 yanvar kuni Olma-ota shahridagi “Ko‘k-Tobe” parkida yuz bergan.
Attraksiondan yiqilgan 13 yoshli o‘smir Bolalar shoshilinch tibbiy yordam markaziga olib borilgan. Unga barcha zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Bolaning ahvoli barqaror holatda.
Politsiyaga 13 yoshli bola o‘z ehtiyotsizligi sababli yiqilgani ma’lum qilingan. Bolaning ota-onasi park ma’muriyatiga e’tirozlari yo‘qligini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 yanvar kuni Farg‘ona shahrida ayol kishi boshiga nosoz attraksion qismi tushib ketishi oqibatida halok bo‘lgandi.
LiveBarchasi