“Benfika” prezidenti “Real” xodimi bilan janjallashdi
Sport
−
16:12 1006 1 daqiqa
Lissabonning “Benfika” klubi prezidenti Ruy Koshta Chempionlar ligasi pley-offining birinchi o‘yini yakunlangach, “Real Madrid” xodimi bilan janjallashib qoldi. Bu haqda “Cope” xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, janjal ikkala tomondan ham haqoratli so‘zlar bilan kechgan va uchrashuv rasmiylarini ajratishga to‘g‘ri kelgan.
O‘yinda ham muammolar yuzaga keldi. 50-daqiqada Vinisius Junior gol urdi va bu golni provokatsion tarzda nishonladi. Bu dastlab portugaliyalik klub muxlislarining noroziligiga sabab bo‘ldi. Maydon markazidan to‘pni o‘yinga kiritishdan oldin, Junior bosh hakam Fransua Leteksega qarab “Benfika” yarim himoyachisi Janluka Prestianniga ishora qildi. Hakam o‘yinni to‘xtatdi va irqchilik harakati bo‘lishi mumkinligini bildiruvchi imo-ishora qildi.
O‘yin to‘qqiz daqiqadan so‘ng qayta boshlandi. Mazkur holat yuzasidan UEFA tekshiruv boshladi. Ushbu uchrashuv 1:0 hisobida yakunlandi, yagona golga Vinisius Junior mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun, ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi joriy yilning 25 fevral kuni Madrid shahridagi “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi