Bellingem tarixiy natija qayd etdi

Sport

image

Angliyalik futbolchi Jud Bellingem “Real Madrid”ning Yevropa Chempionlar Ligasidagi (YeCHL) 4 ta o‘yinining har birida gol urgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi. Bu haqda “Opta” xabar berdi.

30 noyabrga o‘tar kechasi ingliz futbolchisi “Real”ning “Napoli”ga qarshi o‘yinida raqib darvozasiga to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.  

Shunday qilib Bellingem “Real Madrid”ning guruh bosqichidagi 5 ta o‘yinining 4 tasida maydonga tushib, har birida gol urdi. Hozirga kelib Bellingem hisobida Yevropa Chempionlar ligasida kiritilgan 10 ta gol bor. Shuningdek, u YeCHLda 10 ta gol urgan eng yosh angliyalik futbolchiga aylandi.

Hozirda Jud 20 yoshda. Shu vaqtga qadar faqatgina Benzema, Mbappe va Xoland 20 yoshgacha YeCHLda 10 ta gol urishni uddalagan. 

Yevropa Chempionlar ligasining ortda qolgan 5 ta turidan keyin “qirollik klubi” o‘z guruhida yuz foizlik natija qayd etib, 1-o‘rinni naqd qilgan. 5-turda “Real”ga 4:2 hisobida yutqazgan “Napoli” esa 7 ochko bilan 2-o‘rinni band etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Real Madrid Jud Bellingem Evropa Chempionlar Ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing