Bellingem “Real”da super natija qayd etmoqda

Sport

image

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem La Liganing 21-turidan o‘rin olgan “Almeriya”ga qarshi o‘yinda (3:2) bitta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.

20 yoshli angliyalik o‘yinning 57-daqiqasida penaltini golga aylantirib, hisobni 1:2 ko‘rinishiga keltirdi. 90+9-daqiqada Jud Dani Karvaxalga ajoyib imkoniyat taqdim etib, g‘alabaga hissa qo‘shdi.

Bu yarim himoyachining madridliklar safida 26 o‘yinda kiritgan 18-gol va 8-golli uzatmasi bo‘ldi. Shu tariqa, ingliz futbolchisi Madrid klubi uchun har bir o‘yinda o‘rtacha bitta samarali harakat qildi.

O‘z nomiga 14 ta gol yozdirgan Bellingem hozirda La Liga to‘purarlari poygasida xuddi shuncha gol urgan “Jirona” hujumchisi Artem Dovbik bilan birga peshqadamlik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Real Jud Bellingem Dani Karvaxal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing