Bellingem qishda jamoasini almashtirishi mumkin
Sport
−
08 yanvar 2025 7961 1 daqiqa
“Real” a’zosi Jud Bellingemning ukasi, “Sandrlend” klubi yarim himoyachisi Job Bellingem qishki transferlar oynasida “Kristal Pelas”ga o‘tishi mumkin. Bu haqda “talkSPORT” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Kristal Pelas” yanvar oyida tarkibni kuchaytrimoqchi va buning uchun Bellingem transferini amalga oshirish niyatida. Ammo “Sandrlend” futbolchi uchun 20 million yevro talab qilmoqda. Yarim himoyachi uchun “Arsenal”, “Tottenxem” va “Vest Xem” klublari da’vogarlar qatorida keltirilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Jud Bellingemning ukasi Chempionshipda joriy mavsum 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. Jobning narxi “Transfermarkt” portalida 18 million yevroga baholangan.
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel