Bellingem qachon maydonga qaytishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Madridning “Real” klubi hujumkor yarim himoyachisi Jud Bellingem Ispaniya chempionatining 24-turidan o‘rin olgan “Jirona”ga qarshi o‘yinda (4:0) to‘pig‘idan jarohat olgandi. U La Liganing navbatdagi tur o‘yinida maydonga qaytishga yaqin turibdi. Bu haqda “Marca” xabar berdi..

Manbaga ko‘ra, 20 yoshli futbolchi o‘z jamoasining “Valensiya” bilan La Liganing 27-turi doirasidagi safar o‘yini uchun qaydnomasiga kiritiladi. Uchrashuv 2 mart kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi. Angliyalik futbolchi umumiy guruh bilan o‘yinoldi mashg‘ulot o‘tkazishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Bellingem o‘tgan yilning iyul oyida Dortmundning “Borussiya” klubidan “Real”ga 103 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgandi. O‘yinchining “Transfermarkt” internet portali ma’lumotlariga ko‘ra narxi 180 million yevroni tashkil qiladi. Joriy mavsumda Bellingem “Real” safida barcha turnirlarda 29 ta o‘yinda 20 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Jud Bellingem

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing