Jud Bellingem “Real”ni tark etishi mumkin

Sport

image

Angliyalik yarim himoyachi Jud Bellingem joriy yozgi transferlar oynasida “Real Madrid”ni tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Pepe Alvaresning ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, o‘tgan mavsum yakunlanganidan so‘ng futbolchining otasi Mark Bellingem “Real” rahbariyati bilan o‘g‘lining ehtimoliy transferi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan. Bu muzokaralarga bir qator sport masalalari bo‘yicha kelib chiqqan kelishmovchiliklar sabab bo‘lgan.

Biroq “Real Madrid” rahbariyatining pozitsiyasi qat’iy bo‘lgan – klub Jud Bellingemni sotish niyatida emasligini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, Bellingem 2023 yilda Dortmundning “Borussiya” klubidan 127 million yevro evaziga “Real” safiga qo‘shilgan edi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyuniga qadar amal qiladi. Shu vaqtga qadar angliyalik yarim himoyachi “Real Madrid” safida barcha musobaqalarda 140 ta uchrashuvda maydonga tushib, 46 ta gol urgan va 33 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing